“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Qashqadaryo viloyatida mahallalarni obodonlashtirish, aholi farovonligini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. “Turonbank” ATB Ijro nazorati departamenti direktori Q.Po‘latov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanidagi Big‘mi, Obod, Maktobod, Turon, Avazmalik, Qorasuv, Oqdaryo, Ammog‘on hamda Sinabog‘ mahallalarida aholi xonadonlaridagi ehtiyojlar o‘rganildi.
Xususan, Kambag‘al oilalar reyestri, Ijtimoiy reyestr hamda davlat ta’minotidagi oilalar ro‘yxatida turuvchi bir qator xonadonlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Oilalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, kundalik turmush uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar olib berilib, xonadonlarga yetkazildi. Shu orqali ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kundalik tashvishlarini yengillashtirishga amaliy ko‘mak berildi.
Mazkur ishlar orqali mahallalarda aholi bilan yaqindan muloqot qilish, mavjud ehtiyojlarni aniqlash va imkon qadar ularni amaliy yordam bilan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Turonbank” ATB tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda obodlikni ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.
Obod mahalla — farovon hayot, mehr va ko‘mak — inson qadri uchun!

















