“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Navoiy viloyatida mahallalarni obodonlashtirish, aholi uchun munosib sharoit yaratish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. “Turonbank” ATB Navoiy BXM rahbari G‘.Nusratov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Armijon” MFYda hududning obodligi va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirildi.
Xususan, bank tomonidan ajratilgan mablag‘larning bir qismi hisobidan namunali ko‘chaga karam ko‘chatlari tarqatilib, ko‘chani yanada ko‘rkamlashtirishga ko‘maklashildi. Shuningdek, imkoniyati cheklangan xonadon egalari uchun ohak, bo‘yoq va zarur temir profillar olib berilib, xonadonlar va ko‘cha hududini obodonlashtirish ishlariga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, “Armijon” MFYda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning faoliyati va istiqbolli loyihalari bilan tanishildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. “Turonbank” ATB tomonidan mahallalarda obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Obod mahalla — farovon hayot, rivojlangan tadbirkorlik — barqaror daromad!













