Bugun 98 yoshni qarshi olgan Toshkent shahar Mirobod BXOning mijozi Trujnikova Anna Gerasimovna 33 yildan buyon “Turonbank” ATBning sodiq mijozi sifatida bankimiz bilan ishonchli hamkorlik qilib kelmoqda. Uzoq yillar davomida bankimizning qadrli mijozlaridan biriga aylangan.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan “Turonbank” ATB Boshqaruv raisining topshirig‘iga asosan, Boshqaruv raisining maslahatchilari tomonidan Toshkent shahar Mirobod BXO binosida Trujnikova Anna Gerasimovna samimiy muborakbod etildi. Mijozimizga Boshqaruv raisi nomidan yo‘llangan tabriknoma hamda bankning esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Turonbank uchun har bir mijozning ishonchi yuksak qadriyat, ko‘p yillik sadoqati esa alohida e’tirofdir.

photo_2_2026-07-01_19-11-53.jpg
photo_3_2026-07-01_19-11-53.jpg
photo_1_2026-07-01_19-11-53.jpg