“Turonbank“ ATBning ishonchli boshqaruvidagi “Bulung‘ur Agrostar” MCHJ tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va innovatsion yechimlarni joriy etish yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi. 

c22db461-19c2-461f-a7cb-89b564308baf.jpg

Strategik hamkorlik doirasida Germaniyaning “Solana” kompaniyasiga tegishli 8 xil elita klassdagi kartoshka urug‘lari Xo‘jamazgil hududidagi Agrotexnopark loyihasida tajriba-sinov tariqasida ekiladi.

cee1dc11-165d-4604-942c-232417a1ecd4.jpg

Mazkur loyiha orqali O‘zbekistonning iqlim va tuproq sharoitiga mos, yuqori hosilli kartoshka navlarini aniqlash ko‘zda tutilgan.Shuningdek, kelgusida mahalliy dehqonva fermerlar uchun arzon hamda sifatli R1 urug‘lik zaxirasini yaratish rejalashtirilmoqda.

49dc4c70-bfd1-4afe-a230-b5b3b4c19f59.jpg

Ushbu tashabbus kartoshkachilik sohasida hosildorlikni oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Natijada agrar yo‘nalishda zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish uchun mustahkam asos yaratiladi

 Turonbank — yurtimiz taraqqiyoti va fermerlar farovonligi yo‘lida ishonchli hamkor!