Turonbank tomonidan Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimligi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Turonbank boshqaruvi raisi o'rinbosari Tohir Axmedov va Navbahor tumani hokimi hamda tumanda faoliyat olib boruvchi biznes vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlarning g'oya va rejalari hamda yangi loyihalarni amalga oshirishdagi jarayonlar xususida so'z yuritildi. O'z navbatida amaliyotda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarga ham to'xtalib o'tildi. Bank rahbariyati tomonida ularni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar va yo'l yo'riqlar ko'rsatildi.
Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 22 ta mahalla Turonbankka biriktirilgan bo'lib, hozirgi kunda Mahalla bankirlari tomonidan bu joylarda aholi bandligini ta'minlash va o'z biznesini yo'lga qo'yish maqsadida bo'lgan fuqarolar uchun qulay shartlarda ishlab chiqilgan kreditlarni taqdim etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.