Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda mamlakatimizdagi limonchilik komplekslarining umumiy maydoni qariyb 2 321 gektardan oshgan. Buning natijasida yiliga 63 ming tonna mahsulot yetishtirilib, eksport hajmi 11 ming tonnagacha yetmoqda.

Albatta bu raqamlar zamirida ayni yo‘nalishga qaratilgan e’tibor va berilgan ham moliyaviy ham huquqiy ko‘mak muhim ahamiyatga ega. Zotan bundan bir necha yillar avval bo‘sh yotgan yerlar o‘rnida bugun tonnalab limonlar pishib yetilmoqda.

Jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press - turda Surxondaryo viloyatidagi shu kabi yirik limon issiqxonalarining faoliyati o‘rganilib, mashaqqatli mehnatning barokatli hosillari ko‘zdan kechirildi.

OAV vakillari hududning "Sariosiyo", "Denov", "Jarqo‘rg‘on", "Qumqo‘rg‘on" singari tumanlarida o‘z limonchilik biznesini boshlagan tadbirkorlar bilan suhbatlashib, issiqxonalarning hususiyatlarini yaqindan o‘rganishdi.

photo_2022-11-13_00-20-14.jpg

photo_2022-11-13_00-20-15.jpg
photo_2022-11-13_00-20-17.jpg
photo_2022-11-13_00-20-19.jpg
photo_2022-11-13_00-20-20.jpg
photo_2022-11-13_00-20-21.jpg
photo_2022-11-13_00-20-22.jpg
photo_2022-11-13_00-20-24.jpg
photo_2022-11-13_00-20-27.jpg