Bugungi raqamli dunyoda bank tizimi xavfsizligini ta’minlash va mijozlarning mablag‘larini kiber-tahdidlardan himoya qilish har qachongidan ham muhim hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, "Turonbank" ATB Boshqaruv Raisi o’rinbosari Zoxidjon Obidov boshchiligida bankning Namangan BXMda kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan muhim va dolzarb yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda raqamli bank tizimlari xavfsizligini ta’minlash, xodimlarning kiber-savodxonligini oshirish va mijozlarni firgarlik hujumlaridan himoya qilish bo‘yicha eng dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Turonbank o‘z hududiy markazlarida axborot xavfsizligi nazoratini kuchaytirish va xodimlarning ushbu yo‘nalishdagi ko‘nikmalarini muttasil oshirish borasidagi tizimli ishlarni davom ettiradi.

Mijozlarimiz ishonchi va xavfsizligi — bizning bosh maqsadimiz!

photo_1_2026-07-01_18-59-15.jpg
photo_2_2026-07-01_18-59-15.jpg
photo_3_2026-07-01_18-59-15.jpg
photo_4_2026-07-01_18-59-15.jpg