Hurmatli mijozlar!

So‘nggi vaqtlarda turli yolg‘on havolalar, telefon qo‘ng‘iroqlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Sizning xavfsizligingiz biz uchun muhim!

Eng ko‘p uchraydigan firibgarlik usullari:

• “Bankdanman” deb qo‘ng‘iroq qilishadi va kartangiz ma’lumotlarini so‘rashadi
• Soxta sovrinlar yoki aksiyalar bilan aldaydilar
• Havola orqali kartangiz yoki SMS kodlaringizni kiritishingizni so‘rashadi

ESDA TUTING!

Turonbank xodimlari hech qachon sizdan:
– karta raqami,
– PIN-kod,
– SMS orqali kelgan tasdiqlovchi kod,
– shaxsiy kabinetga kirish ma’lumotlarini so‘ramaydi!

O‘zingizni himoya qilish uchun:

Noma’lum raqamlardan kelgan havolalarga o‘tishni bas qiling
Faqat rasmiy sahifalarga ishonch bildiring
Bank bilan bog‘liq har qanday muammoga duch kelsangiz, 1220 raqami orqali bizga murojaat qiling

Kiberxavfsizlik – bu sizning moliyaviy immunitetingiz. Uni mustahkamlang!