So‘nggi paytlarda firibgarlar tomonidan turli aldov yo‘llari bilan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari ko‘paymoqda. Ko‘p hollarda firibgarlar o‘zlarini bank xodim deya tanishtiradi, bunday firibgarlik esa nafaqat fuqaroning moliyaviy holatiga, balki bank obro‘sining qadrsizlanishiga, aholi orasida bank xizmatlariga bo‘lgan ishonchga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bunday holatlarning oldini olish, mijozlarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Turonbank” ATB xodimlari uchun “Kiberxavfsizlik muammolari va yechimlari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda ZOOM platformasi orqali Turonbankning joylardagi Bank xizmatlari markazlari va ofislaridan xodimlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Chakana biznes departamenti direktori mijozlarning murojaatlari va ular bilan o‘tkazilgan suhbatlariga tayanib bugungi kunda firibgarlar fuqarolarni aldash va ularning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun qo‘llayotgan hiylalar haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tadbirda ishtirok etgan Markaziy bank mas’ul xodimi esa, kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun amalga oshirish lozim bo‘lgan muhim jixatlarga to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida so‘z yuritildi.

Дизайн без названия - 2024-03-15T191454.647.png
Дизайн без названия - 2024-03-15T191341.724.png
Дизайн без названия - 2024-03-15T190915.376.png
Дизайн без названия - 2024-03-15T181732.290.png
Дизайн без названия (8).jpg
Дизайн без названия - 2024-03-15T190932.479.png
Дизайн без названия - 2024-03-15T181849.468.png
Дизайн без названия - 2024-03-15T191253.323.png
Дизайн без названия - 2024-03-15T191025.749.png
Дизайн без названия (10).jpg
Дизайн без названия (11).jpg