23 Iyun 2026
“Turonbank” ATB Zangiota BXM binosida “Korrupsiyasiz bank” shiori ostida navbatdagi manzilli targ‘ibot va profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati mutaxassislari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Zangiota tumani bo‘limi mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda Zangiota BXM va unga biriktirilgan bank xizmatlari ofislari xodimlari, mahalla bankirlari hamda mas’ul mutaxassislar bilan korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, xizmat etikasi va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari, korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari, ularni barvaqt aniqlash va oldini olish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar bildirildi.
Tadbirda bankda joriy etilgan ISO 37001:2025 xalqaro korrupsiyaga qarshi menejment tizimi talablari va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olib, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish har bir xodimning ustuvor vazifasi ekanligini yana bir bor e’tirof etdilar.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati