Kosonsoy tumanida aholini daromadli mehnatga jalb etish, xonadonlarda kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida «Mini-texnologiyalar yarmarkasi» tashkil etildi.

Tadbir «Turonbank» ATB va Kosonsoy tumani hokimligi hamkorligida o‘tkazilib, unda xonadon sharoitida biznes boshlash imkonini beruvchi zamonaviy mini-texnologiyalar va uskunalar namoyish etildi.

Yarmarka davomida ishtirokchilarga uskunalarni xarid qilish, ular asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berildi.

Tadbirda tuman hokimi D.Qodirov, «Turonbank» departament direktorlari A.Murodov va F.Yandashev ishtirok etib, aholi va tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlarda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kredit mahsulotlari va moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
photo_2026-09-24_16-25-44.jpg
photo_2026-09-24_16-25-47.jpg
photo_2026-09-24_16-25-50.jpg
photo_2026-09-24_16-25-53.jpg
photo_2026-09-24_16-25-55.jpg
photo_2026-09-24_16-25-57.jpg
photo_2026-09-24_16-25-58.jpg
photo_2026-09-24_16-26-00.jpg
photo_2026-09-24_16-26-01.jpg