“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari D.Rustamov Bulung‘ur tumanining "Kildon", "Cho‘yantepa", "Xo‘jabachcha" va "Ulug‘bek" mahallalarida aholi hamda tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.
Hududiy loyihalar doirasida kechgan uchrashuvlarda asosiy e’tibor aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratildi.
Samimiy va ochiq muloqot chog‘ida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, ishtirokchilarga biznesni kengaytirish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun bank tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va zamonaviy moliyaviy xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bilim va imkoniyatlar birlashgan joyda natija albatta yuqori bo‘ladi.
Muloqot davomida tushgan barcha taklif va murojaatlar nazoratga olinib, mas’ul xodimlarga ularni tezkor hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.














