Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Ququmboy” va “Uchqo‘rg‘on” mahallalari tayanch mahalla sifatida belgilangan. Mazkur mahallalarda mahalla yettiligi, faollar va tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilib, hududlarning mavjud salohiyati va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Muloqotlar davomida “Ququmboy” mahallasiga yondosh “Bo‘ston”, “Yangishahar” va “Yangiyo‘l”, “Uchqo‘rg‘on” mahallasiga esa “Zamondosh”, “Shirinbuloq” va “Uzunqishloq” mahallalari biriktirilgani qayd etilib, hududlarda tadbirkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

“Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Z.Obidov boshchiligida olib borilgan o‘rganishlar davomida tadbirkorlarning loyiha va tashabbuslari tinglanib, ularni moliyalashtirish, mavjud loyihalarni kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari yuzasidan amaliy ko‘mak masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalladagi har bir tashabbus — yangi imkoniyat, har bir loyiha — yangi daromad manbai!

photo_10_2026-09-10_12-51-26.jpg
photo_9_2026-09-10_12-51-26.jpg
photo_8_2026-09-10_12-51-26.jpg
photo_7_2026-09-10_12-51-26.jpg
photo_6_2026-09-10_12-51-26.jpg
photo_5_2026-09-10_12-51-26.jpg
photo_4_2026-09-10_12-51-26.jpg
photo_3_2026-09-10_12-51-26.jpg
photo_2_2026-09-10_12-51-26.jpg
photo_1_2026-09-10_12-51-26.jpg