01.jpg
Mahalla bankirlari banklarning eng quyi bo‘g‘ini hisoblanadi. Ya’ni, mahalla darajasiga tushib, odamlarning daromadini oshiradigan tizim. Mahalla bankirlari “xonadonbay” ishlab, har bir oilaga tayyor loyihalar yoki biznes rejalar taklif qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 16-dekabr kuni banklar tomonidan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash va daromadli qilish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda mahallalarda yordamchi-agentlar faoliyati tizimi joriy etilgan edi. Unga ko’ra, har bir mahallada faoliyat olib boruvchi mahalla bankirlari va mahalla yordamchi agentlariga yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming nafar odamni daromadli qilish hamda mahallalarda 378 mingta mikroloyihani amalga oshirish vazifasi ham yuklatildi.

Mahalla bankirining asosiy vazifalari:
• Hududni o‘rganish va uning salohiyatini tahlil qilish;
• Har bir mijoz bilan yakka tartibda ishlash;
• Loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarini qo‘llab-quvvatlash;
• O‘zini o‘zi band qilish, kichik va o‘rta biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maslahat berish;
• Asosiy moliyaviy masalalar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berish: kredit olish, biznes ochish, mahsulotlarni sotish va boshqalar;
• Depozit va jamg‘arma xizmatlari, faktoring, lizing va boshqa zamonaviy bank xizmatlari haqida ma’lumot berish.

Sodda qilib aytganda, endi odamlar kredit olmoqchi bo‘lsa, Mahalla bankirlariga bemalol murojaat qilishlari mumkin. Ular noldan daromadga kirgunicha aholining loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu vazifalar birgina mahalla bankirlarining zimmasida emas. Ularga koʻmaklashadigan yordamchi agentlar ham bor. Ular mahalladagi har bir xonadonni yaxshi biladigan, aholi orasida bank xizmatlarini ommalashtirish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlar va tadbirkorlik subyektlarini bank xizmatlariga qiziqtirish orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish boʻyicha mahalla bankirlariga yaqindan koʻmaklashadi. 

“Turonbank” ATB ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi, bankning mahalla bankirlari aholining g’oyalarini mikroloyihalarga aylantirishda doimo ularga ko’maklashib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib TuronBank mamlakatimiz bo‘ylab 134 nafar mahalla bankiri va 472 nafar mahalla yordamchi agentlarini biriktirgan. Ular bank xizmatlarini hamma uchun qulay va tushunarli qilish maqsadida aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlamoqda. Shuningdek, mahalla bankirlari oilaviy biznes loyihalarni kengaytirish orqali qoʻshimcha ish oʻrinlari ochishga ham kamarbasta boʻlmoqda. 

Siz ham Mahalla bankiriga murojaat qilishni istasangiz quyidagi havola orqali sizning mahallangizga biriktirilgan Mahalla bankiri haqida ma’lumot olishingiz mumkin: https://turonbank.uz/upload/medialibrary/b66/4q4gq5xstpv7cu9kamt4av2fogc6c8oi/Turonbank-Mahalla-bank...