Andijon viloyati Baliqchi tumani Farovon MFYda “Turonbank“ ATB Xodimlarni boshqarish departamenti direktori N.Tangniberdiyev hamda mahalla bankiri G.Soliyeva tomonidan mahalla bankirlari va agentlar uchun amaliy taqdimot o‘tkazildi. Unda “Turonbank” ATBning mahalla aholisi va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Taqdimot davomida mahalla bankirlari va agentlarga mavjud mahsulotlarning imkoniyatlari, ulardan foydalanish tartibi hamda aholi ehtiyojlariga mos moliyaviy yechimlarni taklif etish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, mahallalarda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va mijozlarga yanada qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi

Bunday amaliy uchrashuvlar mahalla bankirlari va agentlarning bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlash, bank mahsulotlarini aholiga to‘g‘ri yetkazish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Turonbank — mahallalarda yangi imkoniyatlarni birgalikda yaratadi!

photo_2026-09-18_15-51-18.jpgphoto_2026-09-18_15-51-20.jpgphoto_2026-09-18_15-51-21.jpgphoto_2026-09-18_15-51-25.jpgphoto_2026-09-18_15-51-30.jpg