“Turonbank” ATB Davlat dasturlari departamenti tomonidan joriy yilning 16-may sanasida Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida mahalla bankirlari hamda yordamchi-agentlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida yordamchi-agentlar faoliyatiga oid muhim yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Jumladan, kredit tarixi, kafillik, garov, bank kartalari, kiberxavfsizlik hamda shartnomalar bilan ishlash tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.

  • Mahallalarda bank xizmatlarini keng targ‘ib qilish
  • Aholining moliyaviy va raqamli savodxonligini oshirish
  • Yordamchi-agentlar faoliyatini samarali tashkil etish
  • Naqdsiz hisob-kitoblar amaliyoti
  • Yangi mijozlarni jalb qilish mexanizmlari
Seminar yakunida ishchi guruh tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalar ham ko‘zdan kechirildi. Hudud aholisi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.

Turonbank — har bir hududda imkoniyatlar eshigini ochadi!

photo_1_2026-06-02_16-39-05.jpg
photo_2_2026-06-02_16-39-05.jpg
photo_3_2026-06-02_16-39-05.jpg
photo_4_2026-06-02_16-39-05.jpg
photo_5_2026-06-02_16-39-05.jpg
photo_6_2026-06-02_16-39-05.jpg
photo_7_2026-06-02_16-39-05.jpg
photo_8_2026-06-02_16-39-05.jpg