Davlatimiz rahbarining “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-267 sonli qaroriga binoan Respublikamizda “Ijtimoiy karta” tizimi ishga tushiriladi. 

Bu orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari toʻliq avtomatlashtiriladi. “Ijtimoiy karta” bir vaqtning oʻzida ham toʻlov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdigʻi hisoblanadi.

Hozirgi kunda tijorat banklari mazkur tizimni ishga tushirish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda, jumladan Turonbank mijozi boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli toʻlov terminallari hamda nazorat-kassa mashinalari orqali “Ijtimoiy karta”larni qabul qilish imkoniyati yaratildi. 

Ijtimoiy karta tizimi ishga tushishi natijasida 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi. Qogʻoz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablagʻ tejaladi.

ijtimoiy karta 1.jpg