12 May 2025
Mamlakatimizda har hafta juma kuni “Milliy kun” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarini asrab-avaylash, uni yosh avlod qalbiga singdirish, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash hissini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Turonbank ATB ushbu ezgu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlab, “Milliy kun”ni o‘z faoliyatida barqaror ma’naviy qadriyat sifatida qaramoqda.
Bugungi kunda Turonbank ATBning Toshkent shahridagi barcha bank xizmatlari markazlarida (BXM) har juma kuni xodimlarimiz milliy qadriyatlarga hurmat bajo aylagan holda milliy liboslarda ishga tashrif buyurishmoqda. Bu tashabbus orqali nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ichki muhitda ham milliylik ruhi, yuksak ma’naviyat va madaniy qadriyatlar singdirilmoqda.

Turonbank ATB “Milliy kun”ni nishonlash orqali quyidagi qadriyatlarga xizmat qilmoqda:
• Xodimlar orasida milliy liboslar va madaniy merosga hurmatni kuchaytirish;
• Tashkilot muhitida milliylikni targ‘ib qilish, o‘zligimizni unutmaslik;
• Bank mijozlari bilan muloqotda qadriyatlarimizni yuksak e’tibor bilan taqdim etish;
• Milliy qadriyatlar orqali jamoa birligini mustahkamlash, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish.
Turonbank jamoasi “Milliy kun” orqali ma’naviy yuksalishni, o‘z tariximizga sadoqatni, xalqimizga xos mehr-oqibat va insonparvarlik fazilatlarini faol targ‘ib etmoqda.
Bu kun — nafaqat libos, balki yurakdagi faxr, o‘z ildizlarimizga hurmat, ajdodlarimiz merosini qadrlashdir.