“Turonbank” ATB Samarqand BXMda bugun o‘ziga xos muhit hukm surdi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlar milliy libosda faoliyat olib bordilar — har bir tabassum va har bir muomalada xalqimizga xos qadriyatlar, samimiyat va mehmondo‘stlik namoyon bo‘ldi.

Milliy liboslar, nafis do‘ppilar va atlas kiyimlar zamonaviy xizmat ko‘rsatish muhitiga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, mijozlarga nafaqat bank xizmatlarini, balki milliy o‘zlik, mehr va e’tibor tuhfa etdi.

Samarqand BXM jamoasi hududimizga xos milliy kiyimlarni kiyib, qadriyatlarimizni faxr bilan namoyish etdi. Bu nafaqat an’analarni e’zozlash, balki mijozlar bilan yaqin aloqani mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Turonbank – xizmatda ham milliylik ila yaqin!

photo_2025-05-30_13-05-24.jpg
photo_2025-05-30_13-05-26.jpg
photo_2025-05-30_13-05-28.jpg
photo_2025-05-30_13-05-30.jpg
photo_2025-05-30_13-05-31.jpg
photo_2025-05-30_13-05-32.jpg