Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Chandir MFY hududida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi daromad manbalarini yaratish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Mirishkor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A. Sarikov, Boshqaruv Raisi o‘rinbosari D. Rustamov, shuningdek, Yangi hayot, Madaniyat, Istiqlol va Chandir mahallalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki mavjud loyihalarini kengaytirishni rejalashtirayotgan fuqarolar ishtirok etdi.
Muloqot davomida mahallalarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish uchun mavjud imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda mahalla darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash davlat siyosatidagi muhim ustuvor vazifalardan biridir. 2026-yilda ham kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Seminarda tadbirkorlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va loyihalarni amalga oshirishda mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar davlat siyosatida belgilanayotgan vazifalarni joylarda amalga oshirish, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish va mahallalarning iqtisodiy salohiyatini to‘liq ishga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.











