O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Turonbank” ATBda bayramona ruh, ko‘tarinki kayfiyat va tantanali shukuh hukm surmoqda. Ushbu qutlug‘ sana yurtimizning mustaqil taraqqiyot yo‘li, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati hamda Vatan ravnaqi yo‘lidagi ezgu intilishlarini o‘zida mujassam etgan ulug‘ ayyomdir.

Bugun Turonbank jamoasi ham mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini oshirish va yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Bayram shukuhi jamoamizga yanada katta kuch, yangi g‘oyalar va ulkan maqsadlar sari intilish bag‘ishlamoqda. Zero, mustaqil yurt ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilish — barchamiz uchun sharafli va mas’uliyatli vazifadir

35 yillik mustaqillik — bu xalqimizning faxri, g‘ururi va buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchidir! Shu ulug‘ ayyomda yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin. Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, Vatanimiz taraqqiyoti va kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin!

Mustaqillik — buyuk ne’mat, uni asrash va qadrlash esa barchamizning sharafli burchimiz!

photo_2026-08-12_19-11-24.jpgphoto_2026-08-12_19-11-25.jpgphoto_2026-08-12_19-11-26.jpgphoto_2026-08-12_19-11-27 (2).jpgphoto_2026-08-12_19-11-27.jpgphoto_2026-08-12_19-11-29.jpgphoto_2026-08-12_19-11-32.jpgphoto_2026-08-12_19-11-33.jpgphoto_2026-08-12_19-11-30.jpg