Xodimlarning maʼnaviy boyligini oshirish maqsadida “Turonbank” ATBda doimiy tarzda Maʼnaviyat soatlari tashkil etilib, madaniyat, sanʼat, tarix singari yo‘nalishlarda turli mavzular muhokamalar markazida bo‘ladi. Navbatdagi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Markaziy amaliyot boshqarmasida tashkil etilib “Mustaqillik – buyuk neʼmat” mavzusiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasida Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar hamda O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati orasida munosib o‘rin egallayotganligi va mamlakatimiz rivojlanishida bank xodimlarining o‘rni borasida ham so‘z yuritildi.

       Tadbirga O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Muqaddas Xoliqova ham taklif etildi. Xalq ardog‘idagi sanʼat ustasi Mustaqillik yillarida sanʼatga bo‘lgan eʼtibor, teatr hamda kino sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni qayd etdi. Umuman olganda Muqaddas Xoliqovaning ishtiroki tadbirning barcha ishtirokchilariga aʼlo kayfiyat ulashdi.