Joriy yilning 14-sentabr kuni “Turonbank” ATB Komplaens nazorat departamenti direktori O‘.Tangirov Qorovulbozor tumanidagi Navbahor MFY binosida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi. Mazkur hududda 50 ta ish o‘rniga mo‘ljallangan yangi tikuvchilik sexi hamda 15 o‘rinli bolalar bog‘chasi tashkil etilib, foydalanishga topshirishga tayyor holga keltirildi. Ushbu loyihalar mahalla aholisini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Shuningdek, Navbahor MFY binosida aholining ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda 15 o‘rinli bolalar bog‘chasi tashkil etilib, foydalanishga topshirishga tayyor holga keltirildi. Mazkur tashabbus yosh oilalar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish, farzandlarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini kengaytirish hamda mahalladagi ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, Navbahor MFY binosida “Turonbank” ATB homiylik mablag‘lari hisobidan yangi kutubxona tashkil etildi. Ushbu ma’rifat maskani mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va bilim olishlari uchun zarur sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Mahalla obodligi — aholi farovonligi, yangi imkoniyatlar esa barqaror kelajak poydevoridir!

photo_2026-09-14_19-42-55 (2).jpgphoto_2026-09-14_19-42-55.jpgphoto_2026-09-14_19-42-56.jpgphoto_2026-09-14_19-42-57.jpgphoto_2026-09-14_19-42-58.jpg