Joriy yilning 19-iyul kuni PQ–330-son qarori ijrosi doirasida Navoiy viloyati Navbahor tumanining Qiziloy va Paxtakor mahallalarida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari R.Sulaymonov, “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari T.Ahmedov, departamenti direktori Z.Hamrayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida qaror asosida mahallalarga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar joyida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla faollari, mutasaddilar hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, hududlarni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Ishchi guruh tomonidan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. “Turonbank” ATB davlat dasturlari ijrosini samarali ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlarini izchil davom ettiradi.

Turonbank — barqaror rivojlanish va ishonchli hamkor!

photo_3_2026-07-27_17-28-47.jpg
photo_2_2026-07-27_17-28-47.jpg
photo_4_2026-07-27_17-28-47.jpg
photo_5_2026-07-27_17-28-47.jpg
photo_6_2026-07-27_17-28-47.jpg
photo_7_2026-07-27_17-28-47.jpg
photo_8_2026-07-27_17-28-47.jpg
photo_9_2026-07-27_17-28-47.jpg
photo_10_2026-07-27_17-28-47.jpg