30 Iyul 2026
“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Navoiy viloyati Navbahor tumanida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda.
O‘rganishlar Navbahor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M.Jumaboyev hamda “Turonbank” ATB Anderrayting departamenti direktori Z.Xamrayev boshchiligida olib borildi. O‘rganishlar davomida mahallalarda ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish hamda yoshlar bandligini oshirish masalalari yuzasidan fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Kredit olish istagida bo‘lgan fuqarolarga zarur tavsiyalar berilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga oid mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Har bir murojaat — amaliy yechim, har bir tashabbus — yangi imkoniyat!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati