“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Navoiy viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy uchrashuvlar davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Navbahor tumani hokimligida tuman hokimi A.Rashidov, Navoiy viloyati Markaziy bank Bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sharipov hamda “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari T.Ahmedov boshchiligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni o‘z vaqtida hal etish, hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy faollikni yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Turonbank — mahallalar taraqqiyotining ishonchli hamkori!

photo_2026-07-29_12-20-31.jpgphoto_2026-07-29_12-20-30 (2).jpgphoto_2026-07-29_12-20-30 (3).jpgphoto_2026-07-29_12-20-30 (4).jpg