Turonbank bosh ofisida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturining ijrosini ta’minlashda Turonbank xodimlarining vazifalari” mavzuiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Дизайн без названия - 2024-07-26T101345.037.jpg
Turonbankning hududlardagi markazlari xodimlari ham qamrab olingan tadbirda Taraqqiyot strategiyasi markazi direktori Eldor Tulyakov, Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev hamda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Kadirxanova ishtirok etishdi.
Taraqqiyot strategiyasi markazi direktori Eldor Tulyakov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi borasida ham so‘z yuritdi.

Дизайн без названия - 2024-07-26T110603.014.jpg
Tadbir davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Davlat dasturlari haqida aholiga keng ma’lumot yetkazish maqsadida ishga tushirilgan uzbekistan2030.uz portali borasida ham so‘z yuritilib maxsus videorolik namoyish etildi.

Дизайн без названия - 2024-07-26T103432.705.jpg
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda bank xodilmarining o‘rni, ular tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Дизайн без названия - 2024-07-26T104437.520.jpg
2030-yilga qadar iqtisodiyot tarmoqlariga 275 trln so‘m kredit resurslarni yo‘naltirish, shu jumladan 41 trln so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash, shuningdek kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida 2-3 foiz bandga pasaytirish maqsad qilingan. Byudjet taqchilligining YAIMga nisbatini 4 foizdan yuqori bo‘lmasligi hamda inflyatsiya darajasi 9 foiz atrofida bo‘lishini ta’minlash rejalashtirilgan. Turonbank xodimlari mazkur maqsadlarni amalga oshirishda o‘z hissalarini qo‘shishlari uchun ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Tadbirda Turonbankning barcha BXM va BXOlari xodimlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.

Дизайн без названия - 2024-07-26T151442.487.jpg
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida Xotin-qizlarni qo‘llab- quvvatlash tizimi va gender tenglikni ta’minlashga masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan 2030-yilga qadar xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30 foizga oshirish ham maqsad qilingan. Tadbir davomida Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Kadirxanova mazkur masalaga to‘xtalib o‘tib, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlar uchun ish o‘rinlarini yaratish borasida bank sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Дизайн без названия - 2024-07-26T104703.471.jpg
Turonbank boqaruvi Raisi o‘ribosari Shaxlo Ibragimova esa “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida Turonbank tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida ma’lumot berdi.

Дизайн без названия - 2024-07-26T101146.455.jpg
Bank xodimlarining O‘zbekiston-2030 strategiyasi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida xodimlar o‘rtasida qiziqarli viktorina ham o‘tkazildi. Viktorina savollariga to‘g‘ri javob bergan xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Дизайн без названия - 2024-07-26T111538.566.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T150717.386.jpg
IMG_6460.JPG
Дизайн без названия - 2024-07-26T095603.566.jpg

Дизайн без названия - 2024-07-26T113646.938.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T113452.563.jpg
IMG_6458.JPG
Дизайн без названия - 2024-07-26T112836.211.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T112751.150.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T111937.425.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T111240.259.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T111610.790.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T111836.755.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T104336.528.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T101733.577.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T104123.553.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T102736.812.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T155704.460.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T111339.853.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T112036.578.jpg
Дизайн без названия - 2024-07-26T112311.119.jpg