“Turonbank” ATB zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishda davom etmoqda. Shu munosabat bilan, bankimizning asosiy vendori — "Colvir Software Solutions" platformasi imkoniyatlarini kengaytirish hamda IT, raqamli transformatsiya, operatsion jarayonlar, komplayens va Islom bankingi yoʻnalishlari boʻyicha masʼul rahbarlar ishtirokida maxsus Davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda oʻzaro tajriba almashish bilan birga, quyidagi muhim yoʻnalishlar atroflicha muhokama qilindi:
  • Texnik koʻmak va kuzatuv — tizim ishga tushirilgandan keyingi qoʻllab-quvvatlash jarayonlari;
  • Mijozlar tajribasi — koʻrsatilayotgan xizmatlar qulayligini oshirish;
  • Regulyator talablari — qonunchilikdagi oʻzgarishlar bilan tizimli ishlash;
  • Ichki kompetensiyalar — bank ichida xodimlarning malaka va koʻnikmalarini rivojlantirish;
  • Istiqbolli yangi yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari.
Ushbu qadam Turonbankning texnologik poydevorini yanada mustahkamlashga, ichki jarayonlarni avtomatlashtirishga va mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Turonbank — zamonaviy va ishonchli bank yechimlari!

photo_1_2026-07-01_19-03-40.jpg
photo_6_2026-07-01_19-03-40.jpg
photo_5_2026-07-01_19-03-40.jpg
photo_4_2026-07-01_19-03-40.jpg
photo_3_2026-07-01_19-03-40.jpg
photo_2_2026-07-01_19-03-40.jpg