Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Turonbank Samarqand BXMning xizmat koʻrsatish kassasida mijozning uzoq vaqt o‘z navbatini kutib qolganligi va bunga noroziligi aks ettirilgan video tarqaldi. 

Voqea to‘liq o‘rganilganda, bu holatga bank mijozlari sonining koʻpayganligi va navbat kutish muddati uzayganligi ma’lum bo‘ldi. Kassa xodimasiga nisbatan bankning hududiy boshqarmasi tomonidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi. 

Turonbankning har bir xizmat koʻrsatish markazlari hududida nafaqat milliy, balki, xorijiy valyutada xizmat koʻrsatadigan bankomatlar faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan. Shoshilinch vaziyatlarda mijozlarimiz mana shunday bankomatlardan foydalanishlari mumkin.

“Turonbank” jamoasi nomidan ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga sodiqligini yana bir bor eslatib  oʻtib, bloger va fuqarolarni OAV hamda jamoatchilik nazoratida faol boʻlganligi uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz.