Mijozimiz yirik restoratorlik akademiyasini ishga tushirdi!
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan 2023-yilda O‘zyuyekistonga qariyb 6 million nafarga yaqin turistlar tashrif buyurishgan. Avvalgi yilning shu davrida bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq bo‘lgan edi. Ko‘rinib turibdiki, xizmatlar ko‘rsatish sohasi turistik salohiyati yuqori bo‘lgan hududlar uchun eng aktual yo‘nalish. Bir sayyohga ko‘rsatilgan yuqori darajalagi xizmat xorijliklar tashrif zanjirining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda restoratorlik va mehmonxona ishi bo‘yicha maxsus akademiyalar o‘z faoliyatini boshlamoqda.
“Gastro Ekspert” bu Samarqand shahrida 10-yillik tajribaga ega “Shashlikuz Group” kompaniyasining eksklyuziv loyihasidir. Ya’ni, restoratorlik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida kadrlar tayyorlashning zamonaviy va noodatiy uslubini yo‘lga qo‘ygan akademiya. Mazkur monomarkaz restoran va mehmonxona ishi shuningdek servis sohasiga qiziqishi bo‘lgan o‘g‘il – qizlarni yetuk mutaxassis sifatida kasbiy tayyorlash imkoniyatini beradi.
“ - Bizning akademiyamizda restoran sohasidan boshlab, xususan, administratorlik, xostes, barmen, ofitsiantlar va ularning to‘laqonli tizimida ishlovchi xodimlarni o‘qitib, o‘rgatib, ularni to‘g‘ri yo‘nalishga qo‘yib ish bilan ham ta’minlar imkoniyatiga egamiz. Bu kurslarda bizning o‘quvchilarimiz ham nazariya ham amaliyotgan o‘z bilim va tajribalarini kuchaytirishadi Buning uchun Shashlik.uz restoranlar tarmog‘ida juda ham katta baza mavjud Kelgusida biz mazkur akademiyani tamomlagan yoshlarni chet – eldagi nufuzli restoranlarga ham shartnoma asosida ishga kirishlariga ko‘maklashmoqchimiz, deydi “Gastro ekspert” akademiyasi HR menejeri Zarina Murodova”.
O‘quv markazi ayni vaqtda Malayziya, Singapur, Indoneziya Koreya singari davlatlarda “Shashlikuz” brendi ostidagi restoranlar foliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rasmiy memorandumlarni imzolagan bo‘lib, ushbu muassasalarga “Gastro ekspert” akademiyasining eng yaxshi bitiruvchilarini jalb etishni reja qilgan. Shuning uchun ayni vaqtda o‘quv markazida Ingliz va Koreys tillari ham o‘qitilmoqda.
“ – Bizning “Gastro ekspert” akademiyamiz bir yilda 2,5 ming nafar malakali mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatiga ega. Ularni bepul o‘qitib, sertifikat berib, eng kamida 6 -7 million so‘mlik ish haqi bilan ishga jalb etyapmiz. Bundan asosiy maqsad O‘zbekistonimizni gastro turizm yo‘nalishini rivojlantirib, bizning madaniyatimiz, salohiyatimiz, taomlarimiz qay darajada ekanligini butun dunyoga yoyishdir. Hozirgi kunda eko – turizm, agro turizm va chorvachilik yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorimiz bo‘lmish Turonbank bilan birga ishlab kelmoqdamiz, dedi” “Shashlikuz Group” va “Gastro ekspert” akademiyasi asoschisi Ahmadjon Saloyev.
Albatta, bu kabi tashabbuslarning ro‘yobga chiqishida tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan erkin biznes muhiti va imkoniyatlarning o‘rni ahamiyatli. Xususan, Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan qabul qilingan “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi bu boradagi ishlarga huquqiy asos bo‘lmoqda.
"Turonbank"ATB Axborot xizmati!