“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Filial tarmoqlarini boshqarish departamenti direktori B.Sodiqov Samarqand shahridagi Eski Qalandarxona, A. Qahhor, Mingtut, Bog‘i Shamol, Madaniyat, Yuksalish hamda Geolog MFYlarida bo‘lib, hududlarda bank xizmatlarini tashkil etish holati, xizmat ko‘rsatish sifati va aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, kreditlash, omonatlar, bank kartalari hamda raqamli bank xizmatlariga oid murojaat va takliflar tinglandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday o‘rganishlar bank xizmatlari sifatini yanada oshirish, aholining ehtiyojlariga mos yechimlarni joriy etish hamda mijozlarga qulay va zamonaviy xizmatlarni taqdim etish samaradorligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.














