Joriy yilning 6-iyun kuni “Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Samarqand BXMda hududdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, bank tomonidan joriy etilgan yangi xizmat turlari va ularning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Muloqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv bank va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hudud iqtisodiy rivojiga xizmat qiluvchi loyihalarni rag‘batlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Turonbank — tadbirkorlar ishonchini qadrlaydigan bank!

photo_1_2026-06-11_16-55-04.jpg
photo_2_2026-06-11_16-55-04.jpg
photo_3_2026-06-11_16-55-04.jpg
photo_5_2026-06-11_16-55-04.jpg
photo_4_2026-06-11_16-55-04.jpg
photo_6_2026-06-11_16-55-04.jpg