TuronBank Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Zohidjon Obidov Shohimardon hududida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hududga yangi zamonaviy bankomat o‘rnatilib, uning imkoniyatlari aholiga namoyish etildi. Bankomat orqali naqd pul yechib olish, to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa bank xizmatlaridan tezkor hamda qulay foydalanish mumkinligi haqida ma’lumot berildi.

Mazkur tashabbuslar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, aholiga zamonaviy bank xizmatlarini yaqinlashtirish va hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

photo_1_2026-06-11_17-18-01.jpg
photo_2_2026-06-11_17-18-01.jpg
photo_3_2026-06-11_17-18-01.jpg
photo_4_2026-06-11_17-18-01.jpg
photo_5_2026-06-11_17-18-01.jpg
photo_6_2026-06-11_17-18-01.jpg
photo_7_2026-06-11_17-18-01.jpg