21 Avg 2026
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi “Dehqonobod” MFY tayanch mahalla sifatida belgilanib, “Oqoltin”, “T Axmedov“ va “Oydin” MFYlari yondosh mahallalar sifatida biriktirildi. Shu munosabat bilan Mirzaobod tumani hokimi birinchi o‘rinbosari B.Xatamov, “Turonbank” ATB Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S.Kaldibayev, mahalla yettiligi, faollar va tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida mahallaning asosiy maqsad va vazifalari, aholi hamda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, tadbirkorlarning mahalla ixtisoslashuviga mos ravishda bog‘dorchilik, xususan anorchilik va malinachilik, dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik hamda asalarichilik yo‘nalishlaridagi loyiha va takliflari tinglandi.
“Turonbank” ATB tomonidan tadbirkorlarning istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni moliyalashtirish va yangi daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday ochiq muloqotlar orqali mahallalarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun amaliy yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Mahalladagi har bir tashabbus — yangi imkoniyat, har bir loyiha — yangi daromad manbai!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati