“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan istiqbolli investitsiyaviy va tadbirkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, “A Master Fruit” MCHJning malina va anor yetishtirish loyihasi hamda Dehqonobod MFYda “Sirdaryo Agro Star” tomonidan tashkil etilgan anorchilik plantatsiyasi faoliyati o‘rganilib, bog‘dorchilikni rivojlantirish va yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tumanning Mirzo Ulug‘bek MFYda yaponiyalik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan zargarlik loyihasi, “FS Logistic” MCHJning muzlatkichli omborxonasini kengaytirish loyihasi hamda “Limon Exsport” MCHJ tomonidan 1,2 gektar yer maydonida tashkil etilgan limonchilik issiqxonasi faoliyati bilan tanishildi. O‘rganish davomida loyihalarning mavjud imkoniyatlari, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahsulotlarni saqlash va eksport salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur loyihalar qishloq xo‘jaligi, zargarlik va logistika yo‘nalishlarida yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Turonbank — tadbirkorlar bilan birga yangi imkoniyatlar sari!

photo_2026-09-30_12-12-14.jpgphoto_2026-09-30_12-12-17.jpgphoto_2026-09-30_12-12-18.jpgphoto_2026-09-30_12-12-21.jpgphoto_2026-09-30_12-12-25.jpgphoto_2026-09-30_12-12-29.jpgphoto_2026-09-30_12-12-31.jpgphoto_2026-09-30_12-12-33.jpgphoto_2026-09-30_12-12-37.jpg