“Turonbank” ATB Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev Sirdaryo viloyatida bo‘lib, hududlarda amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy va tadbirkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Sayxunobod tumanidagi 10 gektarlik issiqxona majmuasi hamda temir yo‘l bo‘yidagi bog‘ faoliyati o‘rganilib, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Mirzaobod tumanida “Lianghe Great Agro Cluster” MCHJning paxta xomashyosini qayta ishlash loyihasi, “ORCHID BEAUTY” MCHJning mato bo‘yash loyihasi, “Alyumin Promaxs” MCHJning alyuminiy sim mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi hamda “Mirzaobod Asr Parranda” MCHJning parrandachilik loyihasi bilan tanishildi. Loyihalarning ishlab chiqarish quvvati, rivojlanish istiqbollari va moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, “Xon Ahmad” MCHJning umumiy ovqatlanish va to‘yxona binosini qurish loyihasi hamda “Shoxrux Demirbek” MCHJning mehmonxona, davolash maskani, xususiy maktab va universitet barpo etish bo‘yicha rejalari ko‘rib chiqildi. Mazkur loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va hudud iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Turonbank — tadbirkorlar bilan birga yangi imkoniyatlar sari!

















