“Dolzarb 40 kunlik” doirasida Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Do‘stlik” MFYda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Hudud aholisining muammolarini o‘rganish, ularni joyida hal etish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda

O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari N.Jannibekova, M.Valiyev, Sh.Qulmatov va “Turonbank“ ATB Mijozlar servisi va marketing departamenti direktori J.Tuxmakovlar ishtirokida olib borildi. Mahalla faollari, fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xonadonma-xonadon olib borilgan o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar joyida ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Mahallalar taraqqiyoti — xalq farovonligining mustahkam poydevori!

photo_2026-07-29_17-22-52.jpgphoto_2026-07-29_17-22-53.jpgphoto_2026-07-29_17-22-55.jpgphoto_2026-07-29_17-22-57.jpgphoto_2026-07-29_17-22-59.jpgphoto_2026-07-29_17-23-00.jpgphoto_2026-07-29_17-23-01.jpgphoto_2026-07-29_17-23-02.jpgphoto_2026-07-29_17-23-03.jpg