18 May 2024
17-may kuni "Turonbank" ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari boshchiligida Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashabbuskor yoshlar hamda mutaxassislar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad, yangi innovatsion g'oyalar, startaplar va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlab ularni biznesga aylantirishga ko'maklashishdir. Uchrashuv davomida institutda tahsil olayotgan yoshlar o‘z g‘oyalari va tashabbuslari haqida so'z yuritishdi.
O‘z navbatida Turonbank xodimlari startap loyihalarni rivojlantirib, ularni bozorga olib kirish, sotish usullari va biznes rejalar tuzish haqida qiziqarli hamda foydali ma'lumotlarni taqdim etishdi.
Institut xodimlari va talabalari o'zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga ham javob olishdi.

Manba:
Matbuot xizmati