21 Avg 2026
“Turonbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari D.Rustamov, Kichik va o‘rta biznes departamenti direktori A.Muazzamov hamda Jarqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M.Utaganov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Markaziy Surxon” tayanch mahallasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlarning mavjud loyihalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amalga oshirishda zarur amaliy ko‘mak va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
“Turonbank” ATB tomonidan mahallalarda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Har bir tashabbus — yangi imkoniyat demakdir!

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati