13 Apr 2025
Surxondaryoda yangi issiqxonalar majmuasi bunyod etilmoqda!
Oltinsoy tumanining Mingchinor mahallasida 10 gektar maydonda kooperatsiya asosida zamonaviy issiqxonalar majmuasini barpo etish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur loyiha "Turonbank" ATB tomonidan ajratilgan 1,3 million dollarlik imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Qurilish ishlari mahalliy dehqonlarning tajribasiga asoslangan holda tejamkor usullarda olib borilmoqda.
Loyiha yakuniga yetgach, 200 nafar yurtdoshimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
"Turonbank" ATB “Kambag‘allikdan farovonlik sari” shiori ostida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni doim qo‘llab-quvvatlashga, og‘ir toifadagi va ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash orqali jamiyatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor.