Namangan viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida «Turonbank» ATB Boshqaruv Raisi bank bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va tomorqa egalari bilan uchrashib, ularning faoliyati, erishayotgan natijalari hamda istiqboldagi rejalari bilan tanishdi.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar bilan «muammo va yechim» tamoyili asosida ochiq muloqotlar tashkil etildi. Suhbatlarda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, «Fazman Tekstil» MCHJ faoliyati bilan tanishilib, korxonada yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari va eksport imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ???? «Bo‘ston orzusi» fermer xo‘jaligi hamda «Citrus City» MCHJda limon yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi.

Safar davomida Valijon Mahmudov xonadoni tomorqasida yangi ekilgan limon ko‘chatlarining parvarishi va kelgusidagi hosildorlik ko‘rsatkichlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Shuningdek, «Fishville Norin» MCHJ faoliyati bilan tanishilib, baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Kosonsoy tumanidagi Yangi O‘zbekiston mahallasida yashovchi Vasila Xamidova bilan uchrashuv alohida ahamiyat kasb etdi. U «Mahalla loyihasi» doirasida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan.

Uchrashuvda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, oilalar daromadini oshirish va mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan tashabbuslarning samaradorligi e’tirof etildi.

Muloqotlar yakunida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Ta’kidlanganidek, tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish «Turonbank» faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

photo_2_2026-07-01_18-50-41.jpg
photo_1_2026-07-01_18-50-41.jpg
photo_6_2026-07-01_18-50-41.jpg
photo_5_2026-07-01_18-50-41.jpg
photo_4_2026-07-01_18-50-41.jpg
photo_3_2026-07-01_18-50-41.jpg