Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda mahallalarda manzilli ishlash bo‘yicha ustuvor vazifalar ijrosi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari izchil davom etmoqda.

Shu munosabat bilan “Turonbank” ATB Boshqaruvi Raisi Ch.S. Mirzayev hamda Toshkent shahar BXM rahbari R. Mahmudov ishtirokida hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
photo_2026-08-06_18-41-19.jpg
Tashrif davomida “Qarshi Truba Plast”, “Steel Ta’minot” va “Modern Metan” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ishlab chiqarish jarayonlari, investitsiya loyihalari, eksport salohiyati hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish istiqbollari atroflicha o‘rganildi.
photo_2026-08-06_18-41-08.jpg
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinib, ularni tizimli hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
photo_2026-08-06_18-41-09.jpg
Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Gulsanam” mahallasida mahalla faollari hamda Mirzo Ulug‘bek BXO rahbari K. Umarov ishtirokida hududdagi mavjud holat o‘rganildi. Mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholini qiynayotgan masalalarni tezkor bartaraf etish hamda hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
photo_2026-08-06_18-41-13.jpg
O‘rganishlar davomida bunyod etilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy kutubxona loyihasi bilan ham tanishildi. Yoshlarning bilim olishi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladigan ushbu loyiha yuzasidan amaliy takliflar ko‘rib chiqilib, uni sifatli amalga oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.
photo_2026-08-06_18-41-16.jpg
“Dolzarb 40 kunlik” doirasida olib borilayotgan bunday manzilli o‘rganishlar va amaliy ishlar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyilini hayotga izchil tatbiq etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalarni obod etish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.