30 Iyul 2026
Toshkent shahrida “Dolzarb 40 kunlik" doirasida mahallalarni obodonlashtirish, aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish va hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan amaliy tadbirlar davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar “Katta Oqtepa”, “Ko‘kcha” va “Ko‘kcha Darvoza” MFYlarida “Turonbank” ATB Toshkent shahar BXM rahbari R.Mahmudov, Davlat dasturlari bilan ishlash departamenti direktori A. Jabbarov va mahalla bankirlaridan iborat ishchi guruh ishtirokida olib borildi.
Bunda hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashildi, mahalla faollari va yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, aholini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalar joyida o‘rganilib, ularni tezkor hal etish chorai-tadbirlari belgilab olindi.
Bundan tashqari, bank vakillari fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli biznes loyihalarni moliyalashtirish hamda mahallalarda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Muallif: Matbuot xizmati
Manba:
Matbuot xizmati