2026-yil 26-iyun kuni Toshkent shahrida “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida bankning 2025-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari, yillik hisobot va tashqi audit xulosasi ko‘rib chiqildi hamda tasdiqlandi. Shuningdek, 2026-yilda bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, sof foydani taqsimlash, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, tashkiliy tuzilmani yangilash, Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bank faoliyatiga oid boshqa muhim masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qabul qilingan qarorlar bankning barqaror rivojlanishi, korporativ boshqaruv samaradorligini yanada oshirish hamda aksiyadorlar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

photo_10_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_1_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_8_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_5_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_3_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_6_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_7_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_9_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_11_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_4_2026-07-01_19-15-06.jpg
photo_2_2026-07-01_19-15-06.jpg