RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi vaqtlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida Sirdaryo viloyatida bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan "Turonbank" ATB rasmiy munosabat bildirishni lozim deb hisoblaydi.

Jinoyat alomatlari aniqlangan zahoti, birinchi bo‘lib aynan bankning o‘zi ichki tekshiruv o‘tkazib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Natijada, tergov organlari tomonidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, jinoiy harakatlarga aloqador shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

"Turonbank" ATB o‘z mijozlari va hamkorlarining mablag‘larini himoya qilish maqsadida xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirdi. Bank tizimidagi ichki nazorat mexanizmlari takomillashtirildi hamda barcha operatsiyalar shaffof va xavfsiz bajarilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rildi.

Shu bilan birga, bank o‘z faoliyatida qonunchilikka to‘liq amal qilishni ta’minlashini va har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan murosasiz yondashishini ta’kidlaydi. Biz mijozlarimizga va jamoatchilikka bank faoliyatining barqarorligiga ishonch bildirishni va tasdiqlanmagan xabarlarga asoslanmaslikni so‘raymiz.