Joriy yilning 6-oktabr kuni “Turonbank” ATB Bosh bank binosida Shayxontohur tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari N.Saydullayev, Shayxontohur tumani hokimi B.Abubakirov, Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Kenjayev hamda “Turonbank” ATB Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari S.Kaldibayev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarning biznes faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va mavjud muammolarni hal etish bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. Jumladan, aylanma mablag‘ uchun kredit ajratish, loyihalarni moliyalashtirish, kadastr va joy masalalari, soliq imtiyozlaridan foydalanish, elektr energiyasi ta’minoti kabi masalalar ko‘tarildi.
Muhimi, har bir murojaat tadbirkorlik subyekti kesimida manzilli ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Kreditga ehtiyojmand tadbirkorlarning loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, kadastr va joy bilan bog‘liq masalalarni hal etish, soliq hamda elektr ta’minoti bo‘yicha muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.
Maqsad — tadbirkor murojaatini shunchaki tinglash emas, balki unga amaliy yechim topish. Har bir hal etilgan masala yangi loyiha va yangi ish o‘rinlari uchun imkoniyat yaratadi.
Turonbank — tadbirkorlar tashabbusi va biznes rivojining ishonchli hamkori!
















