Oila va xotin-qizlar Davlat qo'mitasi tomonidan “Yangi O'zbekistonda El aziz, inson aziz" g'oyasini o’zida mujassam etgan "Ayolga saodat bering" nomli ijtimoiy roliklar tanlovi o’tkazildi. 12 sentabr kuni tanlov ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

 Bayramona ruhda o’tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin–qizlar Davlat qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova ishtirok etib, bugungi kunda ayollarning o’rni, ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida so’z yuritdi. Tashkil etilgan tanlovning asosiy maqsadi ham jamiyatda ayollarning o’z o’rnini topishda yordam berish, bu borada Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkilotlarda amalga oshiriloayotgan ishlarga urg’u berish hamda ularni qo’llab quvvatlashga qaratilganligini qayd etdi. Shundan so’ng g’oliblar taqdirlandi. "Turonbank" ATB ham moliya muassasasida faoliyat olib borayotgan ayollarga ko'rsatilayotgan e'tibor, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qilinayotgan ishlar aks etgan videoroligi bilan ishtirok etib munosib taqdirlandi.
20220912_164517.jpg
DSC07316.JPG
DSC07275.JPG
DSC07304.JPG
20220912_155808.jpg
 Eslatib o’tamiz bugungi kunda Turonbankda faoliyat olib borayotgan xodimlarning 35 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularni qo’llab-quvvatlash hamda bilim va ko’nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.