Uchrashuv davomida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bank xizmatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, biznes loyihalarini amalga oshirish, imtiyozli kreditlar ajratish va moliyaviy ko‘mak olish bo‘yicha taklif hamda fikrlarini bildirdilar.

Shuningdek 26-may kuni Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishning navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorining (PQ-204-son) mazmun mohiyati ham atroflicha tushuntirildi.

Zohidjon Obidov tomonidan yoshlar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish hamda yangi loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va hudud iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

photo_1_2026-06-11_11-54-03.jpg
photo_2_2026-06-11_11-54-03.jpg
photo_4_2026-06-11_11-54-03.jpg
photo_3_2026-06-11_11-54-03.jpg
photo_5_2026-06-11_11-54-03.jpg