Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ezgu tashabbuslar izchil davom etmoqda.
Shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Turonbank” ATB kutubxonasiga yangi kitoblar to‘plami taqdim etildi.
Taqdim etilgan kitoblar Bankning Yoshlar yetakchisi tomonidan qabul qilib olinib, Turonbank kutubxonasi fondiga kiritildi.
Yangi adabiyotlar xodimlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda doimiy o‘z ustida ishlashiga xizmat qiladi. Zero, kitob — inson tafakkurini boyitadigan, ma’naviy dunyosini yuksaltiradigan va kelajak sari yo‘l ko‘rsatadigan bebaho manba.











