Turonbank ko‘magida “Moxsar” neft mahsulotlarini qayta ishlash zavodi ochildi!
Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, biznes muhitining barqarorligi va ishbilarmonlik indeksining oshishi, O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining eng muhim omillaridan biridir. Albatta, bu borada hududlardagi iqtisodiy faollik muhim ahamiyat kasb etadi. Mana masalan aholi soni bo‘yicha eng katta viloyat hisoblangan Samarqandda, ayni vaqtda 6 mingdan ortiq sanoat korxonalari faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularning soni yangi quvvatlar hisobiga sezilarli oshib bormoqda.
Xususan, viloyatning Jomboy tumanida, “Moxsar” brendi ostida ish boshlagan O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasi so‘zimizga isbotdir. Loyiha tashabbuskorlari neft mahsulotlarini qayta ishlagan holda mahalliy bozorga raqobatbardosh va import o‘rnini bosuvchi yoqilg‘i ishlab chiqarishni reja qilishgan.
Ayni vaqtda mamlakatimizda faqatgina “Oltiariq”, “Farg‘ona” hamda “Buxoro” da neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat olib bormoqda. Ammo Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mazkur yo‘nalishda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan ishbilarmonlar uchun ham imkoniyat yaratilmoqda. Xusuan, Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi 12 gektar maydonda neftni qayta ishlash loyihasini amalga oshirgan “Moxsar” O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasi fikrimizning yaqqol tasdig‘idir. Kompaniya mamlakatimizga import qilinayotgan dizel mahsulotlarini mahalliylashtirishni maqsad qilgan. Ya’ni, zavodda xomashyo qayta ishlangan holda mana shu yerdan benzin va dizel kabi ko‘p tarmoqli yoqilg‘ilar mahalliy bozorga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Мазкур лойиҳанинг умумий қиймати 5,5 млн. АҚШ доллари бўлиб, шундан 2,9 млн. АҚШ доллари хорижий инвестиция ҳисобланади.
“ – Siz ko‘rib turgan mana shu joylar unumdorligi past yerlar edi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida biz ushbu katta loyihani amalga oshirdik. 70 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, shundan 30 nafari yoshlar hisoblanadi. Yillik 388 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, undan 20 mlrd. so‘mini byudjetga yo‘naltirishni reja qilib olganmiz. Zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish orqali biz mahalliylashtirish darajasini 50%ga yetkazdik. Kelgusida “Moxsar” brendi ostida yoqilg‘i quyish shoxobchalarini tashkil etishni maqsad qilib olganmiz. Loyihamizni Turonbank orqali amalga oshirmoqdamiz, barcha moliyaviy yo‘nalishlarda ular bilan birga ishlayapmiz, dedi” “Moxsar” MChJ direktori birinchi o‘rinbosari Jasur Rahmonov.
Zavod bosh texnologi Bahtiyor Yo‘lchiyevning bergan ma’lumotlariga qarganda, korxona yiliga 97 ming tonna neft mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega va undan hech qanday ortiqcha chiqindi chiqmaydi.
Bu kabi loyihalar hududning iqtisodiy imkoniyatlarini yana-da yaxshilab, yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishiga olib keladi.